JORJ GERBERT MIDNING RAMZIY INTERAKSIONIZM NAZARIYASI
Abstract
Mazkur maqolada amerikalik sotsiolog Jorj Gerbert Mid tomonidan ishlab chiqilgan ramziy interaksionizm nazariyasining mazmun-mohiyati, uning sotsiologik tafakkur taraqqiyotidagi o'rni va zamonaviy jamiyatdagi ahamiyati tahlil qilinadi. Tadqiqot davomida insonning "Men" konsepsiyasi, ijtimoiy tajriba, ramzlar va kommunikatsiya orqali shakllanuvchi ijtimoiy munosabatlar yoritib berilgan. Shuningdek, nazariyaning ijtimoiylashuv jarayonidagi o'rni hamda jamiyatdagi kundalik interaksiyalarni tushuntirishdagi metodologik imkoniyatlari ko'rib chiqilgan. Tadqiqot natijalari shuni ko'rsatadiki, ramziy interaksionizm jamiyatni faqat institutsional tizim sifatida emas, balki insonlarning ma'no almashinuvi asosidagi murakkab ijtimoiy munosabatlar yig'indisi sifatida talqin etishga imkon beradi. Maqola sotsiologik nazariyalar rivojini o'rganishda muhim ilmiy-amaliy ahamiyat kasb etadi.