SURXONDARYO VILOYATIDA LIMON ZARARKUNANDALARIGA QARSHI BIOLOGIK VA AGROTEXNIK USULLAR SAMARADORLIGI
Jumayeva MexrinisoTermiz davlat muhandislik va agrotexnalogiyalar universiteti Oʻsimliklar himoyasi va karantini 1-bosqich magistranti
ABI
Abstract
Mazkur ilmiy tezisda Surxondaryo viloyati sharoitida limon (Citrus limon L.) agrobiotsenozida uchraydigan asosiy zararkunandalarga qarshi biologik va agrotexnik kurash usullarining samaradorligi kompleks tahlil qilindi. Tadqiqotda zararkunandalar populyatsiyasining shakllanishi, ularning bioekologik xususiyatlari hamda ekologik omillar bilan bog‘liqligi ilmiy asosda o‘rganildi. Natijalarga ko‘ra, o‘rgimchakkana (Tetranychus spp.), sitrus oqqanoti (Dialeurodes citri), sitrus minyori (Phyllocnistis citrella) va shiralar (Aphis spp.) asosiy fitofag kompleksni tashkil etishi aniqlandi.
Not yet translated
Topics
Identifiers
Citations and references
Cited by 00 references