Skip to main content
Article

Gastronomik frazeologizmlarning kognitiv-semantik xususiyatlari

Abdulxodiyeva Xayitxon Abdurazzoq qiziFarg'ona davlat universiteti Lingvistika: ingliz tili 2-bosqich magistranti
ABI

Abstract

Mazkur tezisda o‘zbek va ingliz tillaridagi gastronomik frazeologik birliklarning kognitiv-semantik xususiyatlari qiyosiy jihatdan tadqiq etiladi. Tadqiqotda oziq-ovqat bilan bog‘liq frazeologik birliklarning metaforik va metonimik asoslari, konseptual modellari hamda abstrakt tushunchalarni ifodalashdagi roli tahlil qilinadi. Tahlillar gastronomik frazeologizmlar inson tafakkurida shakllangan konseptual metaforalar asosida vujudga kelishini va hissiy holat, ijtimoiy munosabat hamda baholovchi mazmunni ifodalashga xizmat qilishini ko‘rsatadi. O‘zbek tilida non, osh, qozon kabi komponentlar baraka va jamoaviylik konseptlarini ifodalasa, ingliz tilidagi bread, butter, bacon komponentlari pragmatik va individualistik mazmun bilan bog‘lanadi. Tadqiqot natijalari gastronomik frazeologizmlar til va tafakkur o‘rtasidagi uzviy bog‘liqlikni aks ettiruvchi muhim lingvokognitiv birliklar ekanligini tasdiqlaydi.

Not yet translated

Topics

Identifiers

Citations and references

Cited by 00 references