Skip to main content
Article

MINERAL O‘G‘ITLAR TA’SIRIDA SUG‘ORILADIGAN TUPROQLARNING SHO‘RLANISHI VA UNING EKOLOGIK OQIBATLARI

Safarov Anvar AbdinazarovichQarshi davlat texnika universiteti “Ekologiya va Atrof-muhit muhofazasi” kafedrasi o‘qituvchisiShomurotov Bahrom XusanovichQarshi davlat texnika universiteti “Ekologiya va Atrof-muhit muhofazasi” kafedrasi katta o‘qituvchisiJonqobilov Bektemir Ulug’murodovichQarshi davlat texnika universiteti “Ekologiya va Atrof-muhit muhofazasi” kafedrasi assistenti
ABI

Abstract

Ushbu maqolada sug‘oriladigan qishloq xo‘jaligi yerlarida kimyoviy mineral o‘g‘itlardan ortiqcha va uzluksiz foydalanish natijasida tuproqlarning sho‘rlanish jarayoni va uning ekologik oqibatlari tahlil qilingan. Tadqiqotda mineral o‘g‘itlar ta’sirida tuproqlarning mexanik, fizik-kimyoviy va biologik xossalarida yuz beradigan o‘zgarishlar sho‘rlanish darajasining ortishiga olib kelishi asoslab berilgan. Tuproq sho‘rlanishining kuchayishi natijasida unumdorlikning pasayishi hamda qishloq xo‘jaligi ekinlari hosildorligining kamayishi muammolari yoritilgan. Shuningdek, sho‘rlangan tuproqlarda yetishtirilgan mahsulotlar hajmining qisqarishi oziq-ovqat xavfsizligiga salbiy ta’sir ko‘rsatishi qayd etilgan. Maqolada muammoning ekologik jihatlari ochib berilib, tuproq resurslarini muhofaza qilish zarurligi ta’kidlangan. Shuningdek, sho‘rlangan yerlarni qayta tiklash bo‘yicha amaliy tavsiyalar ham berilgan.

Topics

Identifiers

Citations and references

Cited by 00 references