Normal homiladorlikning birinchi, ikkinchi, uchinchi trimestrida UZI tahlili ko'rsatkichlari
Abstract
Normal kechayotgan homiladorlikning birinchi, ikkinchi va uchinchi trimestrlarida ultratovush tekshiruvi (UZI) ko'rsatkichlarining klinik-diagnostik ahamiyati ilmiy jihatdan tahlil qilinadi. Tadqiqotda homilaning rivojlanish dinamikasini baholashda qo'llaniladigan asosiy fetometrik va funksional parametrlar quyidagilardan iborat: birinchi trimestrda (11-13+6 haftalar) embrionning toj-dumg'aza uzunligi, yurak urish soni, bo'yin burmasi qalinligi, xorion va yo'ldoshning joylashuvi hamda homilaning yashovchanligi aniqlanadi. Ikkinchi trimestrda (18-22 haftalar) fetometriya ko'rsatkichlari - biparietal o'lcham, bosh aylana uzunligi, qorin aylana uzunligi, son suyagi uzunligi hamda homila anatomiyasinin skrining bahosi o'tkaziladi. Uchinchi trimestrda (30-34 haftalar) homilaning o'sish sur'ati, taxminiy vazni, yo’ldosh yetuklik darajasi, amniotik suyuqlik indeksi va uteroplasentar hamda fetoplasentar qon oqimi Dopplerometriya yordamida baholanadi.
Not yet translated