Menejment texnologiyasi: nazariy asoslar va zamonaviy tashkilotlar samaradorligiga ta'siri
Abstract
Mazkur maqolada menejment texnologiyasi tushunchasining nazariy asoslari hamda uning zamonaviy tashkilotlar faoliyatidagi o‘rni kompleks tahlil qilinadi. Tadqiqotda boshqaruv texnologiyalarining asosiy turlari, ularning funksional xususiyatlari va tashkilot samaradorligiga ta’siri ilmiy manbalar asosida o‘rganilgan. Shuningdek, raqamli transformatsiya sharoitida menejment texnologiyalarining evolyutsiyasi, axborot tizimlari va analitik vositalarning boshqaruv qarorlariga ta’siri ochib berilgan. Tadqiqot natijalari menejment texnologiyalarini joriy etish tashkilotlarda operatsion samaradorlikni oshirish, resurslardan oqilona foydalanish va raqobatbardoshlikni kuchaytirishda muhim omil ekanligini ko‘rsatadi.
Not yet translated