Skip to main content
Article

QADIM TURKIY SHE'RIYAT ABDUQODIR HAYITMETOV TALQINIDA

Shavkat HayitovBuxoro davlat universiteti o'zbek tili va adabiyotiMunisa BoymurodovaBuxoro davlat universiteti Filologiya tillarni o`qitish o`zbek tili yo`nalishi
ABI

Abstract

Filologiya fanlari doktori, professor, ilk marta Beruniy nomidagi davlat mukofoti sovrindori ustoz Abduqodir Hayitmetovning tadqiqotlarida XI asrning yirik folklorshunos va adabiyotshunos olimi Mahmud Qoshg‘ariyning “Devoni lug‘otit turk” asari tarkibidagi qadim turkiy she’riyat namunalari, qadimgi ajdodlarimizning his-tuyg‘ularini, ma’naviy dunyosini she’riy til bilan xalqchil va realistik uslubda tasvirlashga, inson ruhiyatidagi holatlarni aniq yoritishga , haqqoniy, haqiqiy lavhalar yaratishga asos bo‘lgan badiyat durdonalari sifatida talqin qilinadi. Xususan, zukko olimning “Hayotbaxsh chashma” kitobidan o‘rin olgan, “Qadim turkiy she’riyat haqida” sarlavhasi ostidagi tadqiqotida xalqimiz ma’rifati va madaniyatining ildizi chuqurligi, qadim tarixning qudrati mustahkamligi va hayotbaxshligi qadim turkiy she’riyat namunalarini chuqur g‘oyaviy-badiiy tahlil qilib berish orqali isbotlab berilgan. Maqolada ustoz olim qalamiga mansub “Qadim turkiy she’riyat” haqidagi tadqiqotning ilmiy qimmati haqida mulohaza yuritilgan.

Not yet translated

Topics

Identifiers

Citations and references

Cited by 00 references