Tarixiy adolat me'mori: Alisher Azizxo'jayev va milliy o'zlikning tiklanishi
Abstract
Mazkur maqolada O'zbekiston mustaqillikka erishgan ilk yillarda tarixiy adolatni tiklash va milliy o'zlikni anglash masalalari tadqiq etiladi. Mustamlakachilik davrida soxtalashtirilgan tarixiy faktlarni qayta ko'rib chiqishda davlat va jamoat arbobi, huquqshunos olim Alisher Azizxo'jayevning ilmiy-tashkiliy faoliyati tahlil qilinadi. Shuningdek, milliy darsliklarning yangilanishi, Buxoro va Xiva kabi qadimiy shaharlarning jahon miqyosidagi nufuzini oshirish hamda UNESCO bilan hamkorlikda amalga oshirilgan loyihalarning ahamiyati yoritib berilgan. Kalit so'zlar: tarixiy adolat , Alisher Azizxo'jayev, milliy o'zlikni anglash, mustaqillik davri tarixshunosligi ma'naviy tiklanish , darsliklar islohoti, UNESCO va O'zbekiston, madaniy merosni muhofaza qilish, Buxoro va Xiva yubileylari, tarixiy xotira, mustamlakachilik davri tahlili, milliy g'oya , ilmiy-ma'rifiy nashrlar, ajdodlar merosi, davlat boshqaruvi va madaniyat. Tarixga murojaat qilar ekanmiz – bu xalq xotirasi ekanligini nazarda tutishimiz kerak. Xotirasiz barkamol kishi bo'lmaganidek, o'z tarixini bilmagan xalqning kelajagi ham bo'lmaydi. O'zbekiston Respublikasi birinchi prezidenti Islom Karimov Tarix bu faqat o'tmish emas, balki kelajakka nigoh demakdir. Tarixni bilgan kishi qilinishi mumkin bo'lgan ishlardan xabardor bo'la oladi. Tarix doim bizga o'tmishdan saboq, kelajakka uchun qadam qo'yishimizda katta yordam beradi. Ammo bir savol tug'iladi. Biz asl tarixni o'qiyapmizmi? O'tmishda sodir etilgan haqiqatlar bizgacha to'g'ri va ravshan yetib kelmoqdami? O'zbekiston mustaqillikka erishgunga qadar, xalqimiz juda ko'p qiyinchilikka duch kelishdi, dastlab Chor Rossiyasi zulmidan, so'ngra kommunistik partiya zulmidan aziyat chekdi. Bosib olingan xalqlarni o'z hukmronligi ostida ushlab turish uchun hukmdorlar, turli xil nayranglardan foydalanishadi, shu nayranglardan biri bu millatning tarixini unuttirishdir. Hukmdor toifalar o'z itoatidagi xalqlarni tarixini esidan chiqarish uchun tarixni butunlay o'zgartirishdi. Bunda o'zbek xalqi uchun asl tarix eshiklarini yopishdi. Buyuk bobokalonlarimiz hisoblangan Amir Temur, Mirzo Ulug'bek, Jaloliddin Manguberdi, Zahiriddin Muhammad Bobur kabi hukmdorlarimizni "bosmachi", "qaroqchi" deb atashdi. Har bir fanda yutuqlarga erishgan olimlarimizni ilmsizlikda ayblashdi. Al-Xorazmiy, Al-Beruniy, Ibn Sino, Al-Farobiy kabi olimlarimizning ilm yo'lida qilgan say-harakatlarini o'rganishga yo'l qo'ymadi. Ammo mustaqillikka erishganimizdan so'ng bu yashirin tarixni unutish uchun harakatlar boshlandi. O'zbek xalqiga tarixning asl haqiqatlarini ko'rsatish vaqti kelgan edi. Bu harakatlari amalga oshirishda bir shaxsning o'rni juda ham katta edi. Bu inson Alisher Azizxo'jayev edi. Alisher Azizxo'jayev huquqshunos olim bo'lishi bilan bir qatorda, davlat siyosatida o'z o'rniga ega bo'lgan eng muhim shaxslardan biri bo'lgan. Alisher Azizxo'jayevning davlat boshqaruvida faoliyat yuritish chog'ida qator muvaffaqiyatlarga erishildi. Birinchi prezidentimiz Islom Karimov topshirig'i bilan ta'lim sohasida katta yutuqlarga erishildi. Ta'lim dasturlari yangilandi, tarix darsliklari qaytadan yozildi, nashr qilindi. Bu tarixning shu paytgacha ko'rsatilgan yolg'on ma'lumotlari, asl va haqiqiy tarix bilan boyitildi. Alisher Azizxo'jayevni bu islohotlarga bosh bo'lishi orqali hozirgi kunda o'zbek xalqi o'z millatini, tarixini, kelib chiqishini ko'ra oldi. Shu xususda aytib o'tish lozimki, mustaqillikka erishganimizdan so'ng mamlakatimiz tarixini nafaqat kitoblarda, balki asl ko'rinishda ifoda etishga ham harakatlar boshlandi. Mamlakatimizda ming yillik tarixga ega bo'lgan qator maskanlarimiz, shaharlarimizni obod qilish harakatlari amalga oshirildi. Samarqand, Buxoro, Xiva kabi tarixning asl uchqunlari hisoblangan bu maskanlarda mavjud bo'lgan go'zal inshootlarni tiklashga astoydil kirishildi. Bundan tashqari, tariximizning naqadar buyukligini e'tirof etish maqsadida hatto xalqaro tashkilotlar ham bu ishni amalga oshirishda ko'maklashishdi. Xususan, mustaqillik erishganimizdan so'ng qadim shaharlarimizni asrab avaylash maqsadida xalqaro YUNESKO tashkiloti tomonidan tariximizni asrab- avaylash uchun ko'p ishlarni amalga oshirdi. 1997-yilda qadim shaharlarimiz hisoblangan Buxoro hamda Xivalarning yubileylarini nishonlash belgilab qo'yildi. Islom dinining gumbazi hisoblangan Buxoro, hamda ming gumbaz shahri bo'lmish Xiva shaharlarini tarixini asl mohiyatini ochish uchun alohida to'plamlar nashr qilindi. O'z navbatida Buxoro tarixiga bag'ishlanib "Buxoro sharq durdonasi" hamda Xiva tarixiga bag'ishlab "Ming gumbaz shahri " nomli to'plamlar nashrdan chiqarildi. Aynan ushbu to'plamlarning nashr etilishida albatta Alisher Azizxo'jayev mas'ulligida amalga oshirildi. Umuman olib qaraganda, mamlakatimiz boy hamda qimmatli tarixga ega. Aynan bu tarixni avaylab-asrashimiz, kelajak avlodlarga yetkazish bu bizning asosiy burchimizdir. Alisher Azizxo'jayev mas'ulligida amalga oshirilgan bu ishlar kelgusi avlod uchun poydevor bo'lib xizmat qiladi.