Skip to main content
Article

“YOSHLIK I” KONIDA QO‘LLANILAYOTGAN SBSH-250 MNA-32 BURG‘ILASH DASTGOHLARINING TEXNOLOGIK SAMARADORLIGI VA TOG‘ JINSI MASSIVINING FIZIK-MEXANIK TA’SIRINI TADQIQ ETISH

Adham Amankulovich XasanovOlmaliq davlat texnika institutiKumushoy Abdumanapqizi EshankulovaOlmaliq davlat texnika institutiRoʻzibek Alisheroʻgʻli ErgashevOlmaliq davlat texnika institutiIslomjon Gʻofurjonoʻgʻli NorbekovOlmaliq davlat texnika instituti
ABI

Abstract

Mazkur maqolada “Yoshlik I” konida qo‘llanilayotgan SBSh-250 MNA-32 burg‘ilash dastgohlarining texnik va texnologik imkoniyatlari hamda tog‘ jinsi massivining fizik-mexanik xossalarining burg‘ilash jarayoniga ta’siri o‘rganilgan. Tadqiqot davomida tog‘ jinslarining qattiqlik koeffitsienti, siqilishga va siljishga bo‘lgan qarshilik ko‘rsatkichlari hamda burg‘ilash tezligi o‘rtasidagi bog‘liqlik tahlil qilindi. Protodyakonov shkalasi asosida tog‘ jinslarining burg‘ilanish qiyinchilik darajasi aniqlanib, SBSh-250 MNA-32 dastgohining optimal ish rejimlari asoslab berildi. Tadqiqot natijalari burg‘ilash uskunalarining samaradorligini oshirish va energiya sarfini kamaytirishga xizmat qiladi.

Topics

Identifiers

Citations and references

Cited by 03 references