KO'P MANBALI BIBLIOMETRIK MA'LUMOTLARNI INTEGRATSIYALASHDA QAYTA ISHLANUVCHI HISOBLASH ARXITEKTURASI
Abstract
Zamonaviy ilmiy-tadqiqot jarayonlarida bibliometrik tahlil vositasi sifatida bir nechta ma'lumotlar bazasidan olingan metadata'larni birlashtirish sezilarli methodologik muammolarga sabab bo'lmoqda. Web of Science va Scopus kabi yetakchi indekslash tizimlari o'rtasidagi metadata sxemasi, identifikator tuzilmasi va eksport formatlari farqlari tarmoq asosidagi bibliometrik tahlillar sifatini pasaytirishi mumkin. Ushbu maqolada ko'p manbali scientometrik tarmoqlarni qurish uchun qayta ishlanuvchi hisoblash quvuri taklif etiladi. Arxitektura metadata uyg'unlashtirish, deterministik takrorlanishni aniqlash, siyrak grafik qurilishi, normallashtirish va tuzilmaviy diagnostika bosqichlarini mustaqil hisoblash modullariga ajratadi. Maqolaning asosiy hissasi qayta ishlanuvchi scientometrik tahlil uchun shaffof va kengaytiriladigan hisoblash arxitekturasini shakllantirish hamda uni O'zbekiston oliy ta'lim muassasalari kontekstida qo'llash imkoniyatlarini tahlil qilishdan iborat.