SIYOSIY TIZIM VA SIYOSIY DINAMIKA
Abstract
Ushbu maqolada siyosiy tizimning mohiyati, uning tarkibiy qismlari va jamiyat hayotidagi o'rni tahlil qilingan. Siyosiy tizim barqarorligini ta'minlovchi mexanizmlar va unga ta'sir ko'rsatuvchi siyosiy dinamika jarayonlari o'rtasidagi bog'liqlik yoritib berilgan. Maqolada siyosiy institutlarning rivojlanishi, davlat va jamiyat o'rtasidagi o'zaro munosabatlarning transformatsiyasi hamda siyosiy barqarorlikka tahdid soluvchi omillar sotsiologik va siyosiy yondashuvlar asosida o'rganilgan Shuningdek, jahon siyosatshunosligidagi klassik nazariyalar (masalan, Devid Iston va Gabriel Almond modellar) hamda zamonaviy siyosiy jarayonlarning o'ziga xos xususiyatlari, xususan, O'zbekistonda amalga oshirilayotgan siyosiy islohotlar va demokratlashtirish bosqichlari tahlil etilgan. Maqola siyosiy dinamikaga ta'sir etuvchi ichki va tashqi omillarni aniqlashga hamda siyosiy tizimning moslashuvchanlik darajasini baholashga qaratilgan.