Skip to main content
AkademIndex

Products

For developers

AkademBasesoonOpen API for the ecosystem
Latin
Article

Fargʻona vodiysi Oʻzbeklari moddiy madaniyatiga doir qarashlar tahlili

B. IsxakovNamangan davlat texnika universiteti
ABI

Abstract

Ushbu maqolada Farg‘ona vodiysi o‘zbeklarining moddiy madaniyatiga doir qarashlar etnologik tahlil qilinadi. Tadqiqotda moddiy madaniyatning asosiy tarkibiy qismlari – turar joylar, kiyim-kechak, taqinchoqlar, oziq-ovqat mahsulotlari – nafaqat tavsifiy jihatdan, balki ularning ijtimoiy hayot va qadriyatlar bilan uzviy bog‘liqligi asosida o‘rganiladi. Moddiy madaniyat namunalarida aks etgan ramzlar, belgilar, diniy-falsafiy qarashlar va e’tiqodiy tasavvurlar etnosning ijtimoiy turmush tarzini anglashda muhim manba bo‘lib xizmat qiladi. Shu nuqtai nazardan, milliy uy-joy me’morchiligi, uning shakllanishiga ta’sir etuvchi ekologik, ijtimoiy va iqtisodiy omillar, shuningdek, o‘zbeklarning qadimiy urf-odat va e’tiqodlari keng yoritiladi. Tadqiqotda Abu Nasr Farobiy, Abu Ali ibn Sino, B. Malinovskiy, kabi mutafakkir va olimlarning nazariy qarashlari asosida moddiy madaniyatni ijtimoiy hayotning tarkibiy qismi sifatida baholash ilmiy asoslangan.

Topics

Identifiers

Citations and references

Cited by 00 references
Metrics — AkademScholar · Coming soon