Paxtada namlik taqsimotini 3d o‘lchash uchun mikrokontroller va matlab dasturi asosida “elektr qarshilik tomografiyasi” (ert) tizimini ishlab chiqish
Abstract
Ushbu ilmiy maqolada paxtani qayta ishlash sanoatida eng dolzarb muammolardan biri bo‘lgan – paxta g‘aramlarining (buntlarning) ichki qismida namlik oshishi natijasida kelib chiqadigan qizish va chirish jarayonlarini erta aniqlashning yangi, innovatsion usuli tadqiq etiladi. Izlanish davomida Arduino Mega 2560 mikrokontrolleri, CD74HC4067 analog multipleksorlari hamda MATLAB dasturiy ta’minoti yordamida arzon va yong‘in xavfsizligi talablariga javob beradigan Elektr qarshilik tomografiyasi (ERT) tizimining prototipi ishlab chiqildi. Tizim paxta massasidagi namlikning hajmiy (3D) taqsimotini vizual tarzda aks ettirish imkonini beradi. Olingan natijalar paxta zavodlarida raqamli monitoring tizimlarini joriy etish orqali xomashyo isrofgarchiligining oldini olish mumkinligini ko‘rsatdi.