Maktabgacha ta'lim tashkilotlari boshqaruvida ota-onalar bilan hamkorlik tizimini takomillashtirish
Abstract
Ushbu maqolada maktabgacha ta’lim tashkilotlari (MTT) boshqaruvida ota-onalar bilan hamkorlik tizimini takomillashtirish masalalari nazariy-tahliliy jihatdan ko‘rib chiqilgan. Normativ-huquqiy hujjatlar, xorijiy tajriba va ilmiy adabiyotlar tahlili asosida MTT boshqaruvida ota-onalar ishtirokining mavjud holati baholangan hamda hamkorlikni kuchaytirishning ilmiy-amaliy yo‘llari asoslab berilgan. Ilmiy adabiyotlar shuni ko‘rsatadiki, ota-onalarni boshqaruv jarayoniga tizimli jalb etish ta’lim sifatini sezilarli darajada oshirishi mumkin. Maqolada Epstein hamkorlik modeli va Bronfenbrenner ekologik tizimlar nazariyasi asosida to‘rt komponentli hamkorlik modeli (muloqot, ishtirok, qarorga ta’sir, sheriklik) ishlab chiqilgan va uni amaliyotga tatbiq etish bo‘yicha tavsiyalar taqdim etilgan.