MA'LUMOTLAR TUZILMASI VA ALGORITMLAR VA SUN'IY INTELLEKT ASOSLARI FANLARINING INTEGRATSIYASI
Abstract
Ushbu maqola ma'lumotlar tuzilmasi va algoritmlar (MTA) hamda sun'iy intellekt asoslari (SIA) fanlarining o'quv jarayoniga integratsiyalashuvini nazariy va amaliy jihatdan tadqiq etadi. Zamonaviy kompyuter fanlari ta'limida ushbu ikki fan o'rtasidagi bog'liqlik tobora muhim ahamiyat kasb etmoqda. Maqolada integratsiyalashgan o'qitish yondashuvining afzalliklari, jumladan, talabalarning algoritmik tafakkurini rivojlantirish, mashinali o'qitish algoritmlarini chuqur tushunish va dasturlash samaradorligini oshirish kabi jihatlar ko'rib chiqiladi. Tadqiqot davomida Farg'ona Davlat Texnika Universitetida o'tkazilgan eksperimental sinov natijalari tahlil qilinadi. Natijalar shuni ko'rsatadiki, integratsiyalashgan yondashuv talabalarga murakkab sun'iy intellekt muammolarini samaraliroq hal etishga yordam beradi.