EKSPORT SALOHIYATINI OSHIRISHDA INVESTITSIYALARDAN SAMARALI FOYDALANISHNING KONSEPTUAL ASOSLARI
Abstract
Ushbu maqolada eksport salohiyatini oshirishda investitsiyalardan samarali foydalanishning nazariy va amaliy jihatlari ilmiy tahlil qilingan. Tadqiqot jarayonida mamlakat iqtisodiyotida eksport hajmini oshirishga ta'sir etuvchi investitsiya omillari, ishlab chiqarishni modernizatsiya qilish, logistika infratuzilmasini rivojlantirish hamda eksport geografiyasini kengaytirish masalalari o'rganilgan. Shuningdek, eksport faoliyatiga ta'sir etuvchi siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy va texnologik omillar PEST tahlili asosida baholangan. Tadqiqot natijalari asosida investitsiyalardan samarali foydalanish orqali eksport hajmini oshirish va milliy iqtisodiyotning raqobatbardoshligini kuchaytirishga qaratilgan ilmiy-amaliy takliflar ishlab chiqilgan.