RAQAMLI TA'LIM MUHITIDA BO'LAJAK BOSHLANG'ICH SINF O'QITUVCHILARINING O'Z-O'ZINI RIVOJLANTIRISH KOMPETENSIYASINI RIVOJLANTIRISH
Abstract
mazkur maqolada raqamli ta’lim muhiti sharoitida bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining o‘z-o‘zini rivojlantirish kompetensiyasini shakllantirish va rivojlantirish masalalari tahlil qilingan. Zamonaviy pedagogik jarayonlarda raqamli texnologiyalarning keng joriy etilishi pedagoglardan mustaqil o‘qish, o‘z ustida ishlash, kasbiy faoliyatni doimiy takomillashtirib borish kabi kompetensiyalarni talab etmoqda. Maqolada o‘z-o‘zini rivojlantirish kompetensiyasining mazmuni, uning tarkibiy qismlari hamda raqamli ta’lim vositalarining ushbu kompetensiyani rivojlantirishdagi o‘rni ilmiy-nazariy jihatdan yoritilgan. Shuningdek, oliy ta’lim muassasalarida bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarini tayyorlash jarayonida raqamli platformalar, elektron resurslar va interaktiv metodlardan samarali foydalanish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqilgan.
Not yet translated