Skip to main content
Article

BOLALARNI KITOBGA QIZIQTIRISHNING ILK PEDAGOGIK USULLARI

Alijonova OdinaxonQo'qon universiteti Maktabgacha ta'lim yo'nalishi 1-24 guruh talabasi
ABI

Abstract

Bolalarda kitobga mehr va mutolaa madaniyatini shakllantirish maktabgacha ta'limning eng muhim vazifalaridan biridir. Kitob inson tafakkurini boyituvchi, nutqini rivojlantiruvchi, dunyoqarashini kengaytiruvchi hamda axloqiy sifatlarni shakllantiruvchi asosiy manba hisoblanadi. Ayniqsa, maktabgacha yosh davrida bolalarda kitobga nisbatan qiziqish uyg'otish kelajakdagi intellektual rivojlanishning mustahkam poydevorini yaratadi. Ushbu jarayonda pedagog va ota-onalarning hamkorligi, to'g'ri tanlangan metodlar, qiziqarli yondashuvlar hamda bolaning yosh va psixologik xususiyatlarini hisobga olish muhim ahamiyat kasb etadi. Mazkur maqolada bolalarni kitobga qiziqtirishning ilk pedagogik usullari, ularning mazmun-mohiyati, amaliy ahamiyati hamda zamonaviy ta'lim jarayonidagi o'rni ilmiy-pedagogik nuqtai nazardan yoritilgan.

Topics

Identifiers

Citations and references

Cited by 00 references