Skip to main content
Article

MAKTABGACHA TA'LIM TASHKILOTLARIDA TA'LIM MENEJMENTINI RIVOJLANTIRISHNING ILMIY-NAZARIY VA TASHKILIY-PEDAGOGIK ASOSLARI

Dilnoza Shavkatovna TogʻayevaKimyo International University in Tashkent
ABI

Abstract

mazkur maqolada maktabgacha ta'lim tashkilotlarida ta'lim menejmentini rivojlantirishning ilmiy-nazariy, tashkiliy-pedagogik va amaliy jihatlari tahlil qilingan. Unda ta'lim menejmenti maktabgacha ta'lim tashkilotining strategik rivojlanishi, ta'lim-tarbiya jarayoni sifatini ta'minlash, pedagogik jamoa faoliyatini muvofiqlashtirish, inson resurslarini boshqarish hamda bola shaxsining har tomonlama rivojlanishiga yoʻnaltirilgan kompleks boshqaruv tizimi sifatida talqin etilgan. Shuningdek, Oʻzbekiston sharoitida maktabgacha ta'lim tashkilotlarida natijaga yoʻnaltirilgan boshqaruv, sifat monitoringi, rahbar kadrlarning menejerlik kompetentligi, raqamli boshqaruv mexanizmlari va oila–mahalla–ta'lim tashkiloti hamkorligini takomillashtirish masalalari ilmiy jihatdan asoslab berilgan.

Not yet translated

Topics

Identifiers

Citations and references

Cited by 00 references