Skip to main content
Article

HALIMA XUDOYBERDIYEVA SHE'RIYATIDA MILLIY-MADANIY KONNOTATSIYALI LINGVOMADANIY BIRLIKLARNING SEMANTIK TAHLILI

Latipova Dilbarxon AbdujabborovnaSirdaryo viloyati, Guliston shahar 11-maktab va Rustam Bosimov xususiy maktabining oliy toifali ona tili va adabiyot fani o'qituvchisi Aniq va ijtimoiy fanlar universiteti (AIFU) ning o'zbek tili lingvistikasi yo'nalishi 2-kurs magistranti
ABI

Abstract

Mazkur maqolada o'zbek xalq shoiri Halima Xudoyberdiyeva she'riyatida milliy-madaniy konnotatsiyali lingvomadaniy birliklarning semantik xususiyatlari tahlil qilinadi. Tadqiqot lingvokulturologiya, kognitiv semantika va matn tahlili metodlari asosida olib borilgan bo'lib, shoira asarlaridagi milliy-madaniy belgilar, tarixiy-ramziy obrazlar va axloqiy-ma'naviy konnotatsiyali leksik birliklar ilmiy jihatdan o'rganiladi. Tahlil natijasida Xudoyberdiyeva poetik tilida milliy-madaniy konnotatsiya ijtimoiy xotira, vatanparvarlik, ona qiyofasi va el birligi konseptlarini ifodalashning asosiy vositasi ekanligi aniqlangan.

Topics

Identifiers

Citations and references

Cited by 00 references