KOMPLEKS SONNING GEOMETRIK TASVIRI VA UNING TRIGONOMETRIK SHAKLI
Abstract
Ushbu maqolada kompleks sonlarning geometrik tasviri va ularning trigonometrik shakli batafsil yoritilgan. Kompleks son tushunchasi, uning algebraik ko‘rinishi, kompleks tekislikda ifodalanishi hamda geometrik ma’nosi izchil tahlil qilingan. Xususan, har bir kompleks sonning nuqta yoki radius-vektor sifatida tasvirlanishi, uning moduli va argumenti orqali aniqlanishi nazariy jihatdan asoslab berilgan. Shuningdek, kompleks sonlarni algebraik shakldan trigonometrik shaklga o‘tkazish qoidalari, ya’ni ko‘rinishidan shakliga o‘tish jarayoni bosqichma-bosqich tushuntirilgan. Trigonometrik shaklning afzalliklari, ayniqsa kompleks sonlar ustida ko‘paytirish, bo‘lish va darajaga ko‘tarish amallarini soddalashtirishdagi roli ko‘rsatib berilgan. Bundan tashqari, Muavr formulasi va uning kompleks sonlar nazariyasidagi o‘rni hamda amaliy qo‘llanilishi keng yoritilgan. Kompleks sonlarning geometrik talqini yordamida ularning xossalarini vizual tushunish va murakkab algebraik amallarni soddaroq shaklda bajarish imkoniyatlari tahlil qilingan.
Not yet translated