EKSTRAKSIYA JARAYONINING NOANIQLIK SHAROITIDAGI FUZZY MODELI VA BOSHQARUV ALGORITMINI SHAKLLANTIRISH
Abstract
Mazkur maqolada yog‘-moy sanoatidagi ekstraksiya jarayonining noaniqlik sharoitlarida boshqarilish masalalari ko‘rib chiqilgan. Ekstraksiya jarayonining ko‘p parametrli va murakkab xususiyatlari tahlil qilinib, uning samaradorligiga ta’sir etuvchi asosiy omillar aniqlangan. Jarayon parametrlarining o‘zgaruvchanligi va tashqi ta’sirlar natijasida yuzaga keladigan noaniqliklarni hisobga olish maqsadida fuzzy mantiqqa asoslangan model va boshqaruv algoritmini shakllantirish yondashuvi taklif etilgan. Tadqiqotda temperatura, erituvchi sarfi va jarayon davomiyligi kabi parametrlar lingvistik o‘zgaruvchilar sifatida qaralib, ular asosida qoidalar bazasi shakllantirilgan. O‘tkazilgan nazariy tahlillar fuzzy yondashuv murakkab texnologik jarayonlarni boshqarishda moslashuvchanlikni oshirish va boshqaruv qarorlarini takomillashtirish imkonini berishini ko‘rsatdi.
Not yet translated