TIJORAT BANKLARIDA IPOTEKA KREDITLASH AMALIYOTINING ZAMONAVIY HOLATI VA RIVOJLANISH TENDENSIYALARI
Abstract
Mazkur ilmiy maqolada tijorat banklarida ipoteka kreditlash amaliyotining zamonaviy holati, uning iqtisodiyotdagi ahamiyati hamda rivojlanish tendensiyalari tahlil qilingan. Tadqiqot davomida ipoteka kreditlarining aholi turmush darajasini oshirishdagi roli, bank aktivlari tarkibidagi ulushi va kredit portfeli barqarorligiga ta'siri o'rganildi. Shuningdek, O'zbekiston tijorat banklarida ipoteka kreditlash mexanizmlarini takomillashtirish, raqamli texnologiyalarni joriy etish hamda xorijiy tajribalarni qo'llash masalalari ilmiy jihatdan asoslab berilgan. Tadqiqot natijalariga ko'ra, ipoteka kreditlash tizimini rivojlantirish bank sektorining moliyaviy barqarorligini ta'minlash va uy-joy bozorini faollashtirishning muhim omili hisoblanadi.