BOSHLANG'ICH SINF O'QUVCHILARINING KREATIV FIKRLASH KO'NIKMALARINI SHAKLLANTIRISH METODIKASI
Abstract
Mazkur maqolada boshlang'ich sinf o'quvchilarining kreativ fikrlash ko'nikmalarini shakllantirishning pedagogik va metodik asoslari ilmiy jihatdan tahlil qilingan. Shuningdek, ta'lim jarayonida interaktiv metodlar, STEAM texnologiyalari, muammoli ta'lim va innovatsion pedagogik yondashuvlarning o'quvchilarning mustaqil hamda ijodiy fikrlash faoliyatiga ta'siri yoritilgan. Tadqiqot davomida kreativ kompetensiyalarni rivojlantirishning samarali usullari, ularni amaliyotga tatbiq etish mexanizmlari hamda boshlang'ich ta'lim tizimidagi ahamiyati ochib berilgan. Olingan natijalar kreativ ta'lim muhiti o'quvchilarning intellektual faolligi, kommunikativ kompetensiyasi va muammoli vaziyatlarga innovatsion yondashuvini rivojlantirishini ko'rsatadi.