AUTIZM SPEKTRIDAGI BUZILISHLARI BO'LGAN BOLALARDA IJTIMOIY HAMKORLIK KO'NIKMALARINI SHAKLLANTIRISHDA O'YIN TEXNOLOGIYALARIDAN FOYDALANISH
Abstract
Mazkur maqolada autizm spektridagi buzilishlari bo'lgan bolalarda ijtimoiy hamkorlik ko'nikmalarini shakllantirishda o'yin texnologiyalaridan foydalanishning pedagogik va korreksion imkoniyatlari ilmiy-nazariy jihatdan tahlil qilingan. Maqolada autizm spektridagi bolalarning kommunikativ faoliyati, emotsional rivojlanishi hamda ijtimoiy moslashuvidagi o'ziga xos xususiyatlar yoritilib, ularni bartaraf etishda o'yin faoliyatining ahamiyati asoslab berilgan. Shuningdek, rolli, didaktik, harakatli, sensor va interaktiv o'yin texnologiyalarining bolalarda muloqotga kirishish, tengdoshlari bilan hamkorlik qilish, navbat kutish, jamoa qoidalariga rioya etish hamda emotsional munosabatlarni shakllantirishdagi samaradorligi ko'rsatib o'tilgan. Maqolada autizm spektridagi bolalarda uchraydigan ijtimoiy aloqa va kommunikativ muammolar, xususan, ko'z bilan muloqotning sustligi, nutqiy faoliyatdagi cheklanishlar, emotsional javob qaytarishdagi qiyinchiliklar va jamoaviy faoliyatga moslashish muammolari tahlil qilingan. Shu bilan birga, o'yin texnologiyalarining korreksion-pedagogik jarayondagi o'rni, bolaning psixologik holatiga ijobiy ta'siri hamda ijtimoiy moslashuvni rivojlantirishdagi pedagogik imkoniyatlari keng yoritilgan.