TILSHUNOSLIKNI O'QITISHDA INNOVATSION METODLARDAN FOYDALANISH MASALALARI
Abstract
Ushbu maqolada tilshunoslik fanlarini o'qitishda innovatsion metodlardan foydalanishning nazariy va amaliy ahamiyati yoritiladi. Bugungi globallashuv va raqamli ta'lim sharoitida tilshunoslikni an'anaviy usullar asosida o'qitish bilan cheklanib qolish ta'lim samaradorligini to'liq ta'minlay olmaydi. Shu bois interfaol metodlar, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari, muammoli ta'lim, loyiha metodi, klaster, keys-stadi, debat va raqamli platformalardan foydalanish dolzarb ahamiyat kasb etmoqda. Maqolada innovatsion metodlarning talabalar lingvistik tafakkuri, nutqiy kompetensiyasi, mustaqil fikrlashi va amaliy tahlil ko'nikmalarini shakllantirishdagi o'rni tahlil qilinadi. Shuningdek, tilshunoslikni o'qitishda mavjud muammolar va ularni bartaraf etish bo'yicha takliflar beriladi.