Skip to main content
Article

XITOY TILIDAN MATNLARNI O'ZBEK TILIGA YOZMA TARJIMA QILINGANDA UCHRAYDIGAN XATO VA KAMCHILIKLAR

Nigora Faxritdinovna SaydalievaO'zbekiston davlat jahon tillari universiteti Xitoy filologiyasi kafedrasi o'qituvchisi
ABI

Abstract

Mazkur maqolada tarjima so'ziga ta'rif berilib, tarjima amaliyoti jarayoni, hamda amaliyot vaqtida vositachilik qilib tarjima qilishni o'rganish, uning turlari, nazariyasi, yo'nalishlari va tarjimashunoslik haqida so'z yuritilgan. Tarjima faoliyatidan insonlar kundalik faoliyatida muntazam foydalanadi desak mubolag'a bo'lmaydi. Har bir tildan boshqa tilga tarjima qilishda alohida o'ziga xosliklar mavjud, xususan xitoy tilida ham. Ushbu maqolada talabalar xitoy tilidan o'zbek tiliga matnlarni tarjima qilinganda qanday muammolarga duch kelishlari va ularni qanday bartaraf etilishi mumkinligi haqida yozilgan. Key words translation, translation studies, translation theory, translation object, translation practice, translation quality, translation end. Bugungi kunda yurtboshimiz tashabbusi bilan mamlakatimizda yetakchi soha va tarmoqlarni innovatsion rivojlantirish, tarjima va tarjimashunoslik, tarjima nazariyasi fanining o'qitilishi, innovatsion g'oyalar va texnologiyalarni ishlab chiqarishga keng joriy etish yuzasidan izchil islohotlar amalga oshirilmoqda. Davlatimiz rahbarining 2017-yil 29-noyabrdagi "O'zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligini tashkil etish to'g'risida"gi farmoni bu boradagi ishlarni yangi bosqichga ko'tardi desak mubolag'a bo'lmaydi. Mamlakatimizda ilmiy-tadqiqot va innovatsiya faoliyatining istiqbolli yutuqlarini targ'ib qilish, bu borada samarali mexanizmlarni ishlab chiqish, ilmiy-eksperimental ixtisoslashgan laboratoriyalar, yuqori texnologik markazlar, texnoparklar va boshqa innovatsion tuzilmalarni mustahkamlash yangi vazirlik faoliyat yo'nalishlaridandir.

Not yet translated

Topics

Identifiers

Citations and references

Cited by 00 references