STEAM TA'LIM TEXNOLOGIYASINI BOSHLANG'ICH TA'LIMDA QO'LLASHNING ME'YORIY-USLUBIY ASOSLARI
Abstract
Ushbu maqolada umumiy o'rta ta'lim muassasalarining boshlang'ich sinflarida STEAM (Science, Technology, Engineering, Art, Mathematics) ta'lim texnologiyasini joriy etishning me'yoriy-huquqiy asoslari va uslubiy mexanizmlari tizimli tahlil qilingan. Tadqiqotda Milliy o'quv dasturi doirasida kiritilgan yangi avlod darsliklari, xususan, integratsiyalashgan "Tabiiy fanlar" (Science) kursining o'rni hamda dars soatlarining tarkibiy ulushi aniq raqamlar misolida yoritilgan. Muallif tomonidan boshlang'ich sinf o'quvchilarining kognitiv xususiyatlariga mos keladigan 5 bosqichli universal uslubiy model taklif etilgan bo'lib, dars samaradorligini oshirish bo'yicha amaliy va uslubiy tavsiyalar ilgari surilgan. Kalit so'zlar: STEAM ta'lim, boshlang'ich ta'lim, fanlararo integratsiya, me'yoriy-huquqiy asoslar, Milliy o'quv dasturi, loyiha asosida ta'lim, kognitiv rivojlanish, XXI asr ko'nikmalari.