BLOKCHEYN TIZIMLARIDA MUAMMOLAR TAHLILI
Abstract
Mazkur ilmiy tezisda blokcheyn texnologiyasining xavfsizlik jihatlari, ayniqsa markazlashmagan tarmoqlarda yuzaga keladigan asosiy tahdidlar va ularni bartaraf etish usullari tahlil qilinadi. Tadqiqot davomida 51% hujumi, Sybil hujumi, Double Spending, smart-kontrakt zaifliklari, kriptografik kalitlar bilan bog'liq muammolar hamda DDoS hujumlarining blokcheyn infratuzilmasiga ta'siri o'rganildi. Shuningdek, Proof-of-Work, Proof-of-Stake, Multi-signature, shifrlash algoritmlari va audit mexanizmlarining xavfsizlikni ta'minlashdagi roli ilmiy manbalar asosida tahlil qilindi. Tadqiqot natijalari blokcheyn texnologiyasining yuqori darajadagi himoya imkoniyatlariga ega ekanligini ko'rsatsa-da, inson omili va dasturiy zaifliklar sababli xavfsizlikka tahdidlar saqlanib qolayotganini ko'rsatadi.