Skip to main content
Article

SHAXSIY GIGIYENA QOIDALARINI O'RGATISHDA O'YIN USULI

Muhammedova Zamiraxon Mirboqi qiziQo'qon universiteti Maktabgacha ta'lim yo'nalishi, talabaSanginova Gulnozaxon
ABI

Abstract

Ushbu maqolada maktabgacha yoshdagi bolalarga shaxsiy gigiyena qoidalarini o'rgatishda o'yin metodikasining ahamiyati va samaradorligi yoritilgan. Tadqiqot davomida bolalarning yosh va psixologik xususiyatlariga mos ravishda gigiyena ko'nikmalarini shakllantirishda innovatsion o'yin texnologiyalaridan foydalanish usullari tahlil qilingan. Shuningdek, qo'l yuvish, tish parvarishi va ozodalikka oid mashg'ulotlarni qiziqarli o'yinlar orqali tashkil etish bolalarda tozalik madaniyatini shakllantirishga xizmat qilishi asoslab berilgan. O'yin usuli orqali bolalarda gigiyenaga nisbatan ijobiy munosabat, mustaqil odatlar va sog'lom turmush ko'nikmalarini rivojlantirish mumkinligi ko'rsatib o'tilgan.

Topics

Identifiers

Citations and references

Cited by 00 references