XORIJIY DAVLATLAR QONUNCHILIGIDA "YOSH BOLA" VA "OJIZ AHVOLDAGI SHAXS"LARNING JINOYAT-HUQUQIY HIMOYASINI TARTIBGA SOLINISHI
Abstract
Ushbu tezisda xorijiy davlatlar jinoyat qonunchiligida "yosh bola" hamda "ojiz ahvoldagi shaxs"larning jinoyat-huquqiy himoyasi masalalari qiyosiy-huquqiy jihatdan tahlil qilinadi. Xususan, xalqaro huquqiy standartlar, Germaniya, Fransiya, Buyuk Britaniya, Kanada, AQSh va Rossiya jinoyat qonunchiligida voyaga yetmaganlar, yosh bolalar, jismoniy yoki ruhiy holati sababli o'zini himoya qila olmaydigan shaxslar, nogironligi, kasalligi, yoshi yoki boshqa holatlar tufayli zaiflashgan jabrlanuvchilarga nisbatan sodir etilgan jinoyatlar uchun javobgarlikning og'irlashtirilishi yoritiladi. Tadqiqot natijasida mazkur toifadagi shaxslarni himoya qilishda xorijiy davlatlarda uch asosiy yondashuv — maxsus jinoyat tarkibini belgilash, jazoni og'irlashtiruvchi holat sifatida tan olish va jabrlanuvchining roziligini huquqiy ahamiyatga ega emas deb baholash mexanizmlari shakllanganligi asoslanadi.