SUN'IY INTELLEKT FALSAFASI: TARIXIY YONDASHUVLAR VA ZAMONAVIY TALQINLAR
Abstract
Mazkur maqolada sun'iy intellekt falsafasining nazariy va metodologik asoslari, uning tarixiy shakllanish bosqichlari hamda zamonaviy jamiyat taraqqiyotidagi o'rni falsafiy jihatdan tahlil qilingan. Tadqiqotda tarixiylik va zamonaviylik dialektikasi asosida sun'iy intellektning rivojlanish jarayonlari, inson tafakkuri va texnologiyalar o'rtasidagi o'zaro munosabatlar yoritib berilgan. Maqolada sun'iy intellekt rivojlanishi bilan bog'liq bo'lgan inson va mashina, erkinlik va nazorat, texnologik taraqqiyot va axloqiy mas'uliyat kabi dialektik qarama-qarshiliklar tahlil etilgan. Tadqiqot natijasida sun'iy intellekt insoniyat sivilizatsiyasining yangi bosqichini belgilovchi muhim omil ekanligi hamda uni rivojlantirishda insonparvarlik va ijtimoiy mas'uliyat tamoyillariga tayanish zarurligi asoslab berilgan.
Not yet translated