ZAMONAVIY IQTISODIYOTDA SUN'IY INTELLEKTNING O'RNI
Abstract
Ushbu maqolada sun'iy intellekt (SI) texnologiyalarining zamonaviy iqtisodiyot rivojiga ko'rsatadigan ta'siri ilmiy jihatdan tahlil qilingan. Tadqiqot davomida SI texnologiyalarining iqtisodiy tizimlar, davlat boshqaruvi, ta'lim, sog'liqni saqlash, bank-moliya, logistika hamda mehnat bozori faoliyatiga ta'siri o'rganildi. Tadqiqot metodologiyasi sifatida qiyosiy tahlil, statistik tahlil, normativ-huquqiy hujjatlar tahlili va xalqaro tajribalarni solishtirish metodlaridan foydalanildi. Tadqiqot natijalari sun'iy intellekt texnologiyalarining iqtisodiy samaradorlikni oshirish, ishlab chiqarish jarayonlarini avtomatlashtirish hamda boshqaruv tizimlarini optimallashtirishdagi muhim o'rnini ko'rsatdi. Shu bilan birga, SI texnologiyalarining mehnat bozori, gender tengligi va inson kapitaliga ta'siri bilan bog'liq ayrim xavf-xatarlar ham aniqlandi. Maqolada "Raqamli O'zbekiston – 2030" strategiyasi doirasida SI texnologiyalarini iqtisodiyot tarmoqlariga joriy etish istiqbollari ham yoritilgan. Kalit so'zlar: Sun'iy intellekt, raqamli iqtisodiyot, innovatsiyalar, avtomatlashtirish, mehnat bozori, iqtisodiy transformatsiya, gender statistikasi, raqamli texnologiyalar, inson kapitali, iqtisodiy xavf-xatarlar.