Skip to main content
Article

FARZANDSIZ AYOLLARNING ATRIBUTIK AMALLARNI BAJARISH AN'ANALARI

Ruslan Uzaqbaevich IsakovO'zbekiston davlat san'at va madaniyat instituti Nukus filialining "San'atshunoslik" kafedrasi v.v.b. dotsenti Innovatsion texnologiyalar universiteti "Tarix va ijtimoiy fanlar" kafedra v.v.b. dotsentiRaxman Allambergenovich IsmetovO'zbekiston davlat san'at va madaniyat instituti Nukus filialining "San'atshunoslik" kafedrasi v.v.b. dotsenti Innovatsion texnologiyalar universiteti "Tarix va ijtimoiy fanlar" kafedra v.v.b. dotsenti
ABI

Abstract

Xalq og'zaki ijodi va etnogarfik tadqiqotlar shuni ko'rsatadi ayollar ziyoratgohlari elimizning ko'pgena hududlarida ko'plab ushratish mumkin. Bu joylar muqaddas va tarixiy orinlar bwlib, ayollar bu joylarga harbir niyatlarini niyat qilib keladı. Masalan, ishlari yaqshi bo'lib ketishi uchun, kasalika shalinganlar bo'lsa shifo izlab, oilasiga baxt, ammonlig tilab, va ko'plab uchratadigan hol farzand bola olmayotgan ayollar boradigan ziyorat orinlari bolib hisoblanadi. Kirish. Ajdodlarimizdan qolgan urf-odat, an'analar qadimgi davrlardan hozirgi kungacha meros bo'lib kelmoqda. Bunday yaratilgan an'analarimiz, qadriyatlarimiz, urf-odatlarimizning ba'zilari asl holida yetib kelgan bo'lsa, ba'zilari o'zgarishga uchrab yetib kelgan, ba'zilari esa hozirgi kunda umuman xalqimiz tomonidan amalda bajarilmay qolib ketgan. Shu bilan birga, yangi urf-odat va an'analarning bir qancha turlari ham paydo bo'lmoqda. Shunday qadimgi davrlardan shu kungacha yetib kelgan an'analardan muqaddas joylarga ziyorat qilish, xalq tomonidan karomatli deb hisoblangan joylarga, ya'ni suvga, toshga, daraxtlarga sig'inish an'analari saqlanib qolgan. Bunday joylarni o'rganish, bu joylarda kuzatishlar olib borish, so'rovnomalar o'tkazish orqali shunday ayrim joylar bo'yicha tadqiqotlar olib borishga va yana olimlarimiz tomonidan yozilgan ilmiy asarlardan foydalangan holda ma'lumotlar to'plashga harakat qildik. Xalqimiz orasida ziyoratgohlarga borish an'anasi hozirgi kungacha saqlanib kelmoqda. Ushbu joyda ziyorat qiluvchilar ota-bobolarining boshlarini ziyorat qilishdan tashqari, tushida ayon bo'lgan joylarga yoki yoshi katta ota va kampir-buvilarning aytishlari bo'yicha ziyoratga boruvchilar tez-tez uchrab turadi. Ayniqsa, farzandli bo'la olmay yurgan ayollar va h.k. guruhdagi ziyoratchilarni uchratishimiz mumkin.

Not yet translated

Topics

Identifiers

Citations and references

Cited by 00 references