Skip to main content
Article

SUN'IY INTELLEKT TEXNOLOGIYALARINING TALABALAR O'QUV FAOLIYATIGA TA'SIRI

Nozima Anvar qizi KalandarovaSarbon Universiteti, Psixologiya yo'nalishi talabasi Sarbon Universiteti, Psixologiya yo'nalishi talabasi Ilmiy rahbar: Sarbon Universiteti o'qituvchisiSaida Kobiljonovna YakubovaSarbon Universiteti, Psixologiya yo'nalishi talabasi Sarbon Universiteti, Psixologiya yo'nalishi talabasi Ilmiy rahbar: Sarbon Universiteti o'qituvchisiZiyoda Ulug'bek qizi SaidazizovaSarbon Universiteti, Psixologiya yo'nalishi talabasi Sarbon Universiteti, Psixologiya yo'nalishi talabasi Ilmiy rahbar: Sarbon Universiteti o'qituvchisi
ABI

Abstract

Ushbu tezisda sun'iy intellekt texnologiyalarining ta'lim jarayonidagi o'rni, talabalar o'quv faoliyatiga ko'rsatayotgan ta'siri hamda undan foydalanishning ijobiy va salbiy jihatlari tahlil qilingan. Raqamli texnologiyalarning rivojlanishi ta'lim tizimiga ham sezilarli ta'sir ko'rsatmoqda. Ayniqsa, sun'iy intellektga asoslangan dasturlar va platformalar talabalarning bilim olish usullarini ma'lum darajada o'zgartirib yubordi. Avvallari ma'lumot topish uchun asosan kitob, ilmiy maqola yoki kutubxona manbalariga murojaat qilingan bo'lsa, endilikda ko'plab vazifalar elektron platformalar orqali bajarilmoqda. Bu esa ta'limning mazmuni bilan bir qatorda metodikasiga ham yangi yondashuvlarni olib kirdi. Sun'iy intellekt inson tafakkuriga xos ayrim jarayonlarni modellashtirishga xizmat qiluvchi texnologiyalar majmuasi hisoblanadi. Bunday tizimlar matn yaratish, tarjima qilish, ma'lumotlarni tahlil etish, tavsiya berish yoki muammolarni yechishda yordam ko'rsatishi mumkin. Ta'lim sohasida esa sun'iy intellektdan foydalanish o'quv jarayonining samaradorligini oshirish bilan birga, talabalar uchun qulay va tezkor axborot muhiti yaratmoqda. Talabalar orasida eng ko'p foydalanilayotgan sun'iy intellekt vositalari matn bilan ishlashga mo'ljallangan platformalar hisoblanadi. Masalan, referat yoki kurs ishi uchun reja tuzishda, murakkab mavzularni sodda shaklda tushuntirishda yoki chet tilidagi manbalarni tarjima qilishda sun'iy intellekt imkoniyatlaridan foydalanilmoqda. Bu, ayniqsa, xorijiy adabiyotlar bilan ishlashda katta qulaylik beradi. Ingliz tilini yaxshi bilmaydigan talabalar ham sun'iy intellekt yordamida ilmiy maqolalarning mazmunini qisqa vaqt ichida tushunib olishi mumkin.

Not yet translated

Topics

Identifiers

Citations and references

Cited by 00 references