Skip to main content
Article

DARS MASHGULOTLARIDA RAQAMLI TЕXNOLOGIYALARDAN FOYDALANISH MASALALARI

Akmal Ziyadillayevich IsmayilovToshkent Sarbon universiteti katta o'qituvchisi Toshkent Sarbon universiteti talabasiKamronbek Xolmurod o'g'li KomilovToshkent Sarbon universiteti katta o'qituvchisi Toshkent Sarbon universiteti talabasi
ABI

Abstract

Mazkur maqolada respublikamiz oliy ta'lim tizimida raqamli texnologiyalarni qo'llash, ularning imkoniyatlarini tahlil qilish asosida o'quv jarayonini rivojlantirishning ustuvor yo'nalishlari aniqlangan. Shuningdek, oliy ta'limda raqamli texnologiyalarni joriy etishga ilmiy asoslangan xulosalar tuzishda mavjud bo'lgan amaliyotni o'rganish, tizimlashtirish va umumlashtirish orqali ta'lim sohasida nafaqat muhim o'rin egallashi va qanday shaklda joriy etilishi bo'yicha takliflar keltirilgan. Key words: digital technologies, higher education system, modern education, digital knowledge, Internet, distance learning. Jamiki mamlakatlarda raqamli texnologiyalarning barcha sohalarga tatbiq qilish bugungi kunning dolzarb vazifalaridan biriga aylanib bormoqda. Bu borada zamonaviy axborot texnologiyalarni keng ko'lamda joriy etish bo'yicha olib borilayotgan kompleks chora-tadbirlar barcha tarmoqlarda amalga oshirilmoqda. Xususan, bizning jonajon yurtimizda ham har bir sohada zamon bilan hamqadam odimlashimiz uchun ham raqamli texnologiyalardan fodalanishimiz zarurligini davrning o'zi taqozo etmoqda. Shu jihatdan ham qaraganimizda, Yurtboshimiz Shavkat Mirziyoyev ta'kidlaganidek "Taraqqiyotga erishish uchun raqamli bilimlar va zamonaviy axborot texnologiyalarini egallashimiz zarur va shart. Bu bizga yuksalishning eng qisqa yo'lidan borish imkoniyatini beradi. Zero, bugun dunyoda barcha sohalarga axborot texnologiyalari chuqur kirib bormoqda. Albatta, raqamli iqtisodiyotni shakllantirish kerakli infratuzilma, ko'p mablag' va mehnat resurslarini talab etishini juda yaxshi bilamiz. Biroq, qanchalik qiyin bo'lmasin, bu ishga bugun kirishmasak, qachon kirishamiz?! Ertaga juda kech bo'ladi" [1].

Not yet translated

Topics

Identifiers

Citations and references

Cited by 00 references