Skip to main content
Article

QO'G'IRCHOQ TEATRI REJISSORLIGINING O'ZIGA XOSLIGI VA ZAMONAVIY RIVOJLANISHI

Fayzullo Uchkun o'g'li XoshimovO'zbekiston davlat san'at va madaniyat instituti Nukus filiali "Qo'g'ircho teatr rejissyorligi" mutaxasissligi 1-kurs talabasi O'zbekiston davlat san'at va madaniyat instituti Nukus filiali "Aktyorlik mahorati" kafedrasi ,dotsentNazira Reypnazarovna PrimbetovaO'zbekiston davlat san'at va madaniyat instituti Nukus filiali "Qo'g'ircho teatr rejissyorligi" mutaxasissligi 1-kurs talabasi O'zbekiston davlat san'at va madaniyat instituti Nukus filiali "Aktyorlik mahorati" kafedrasi ,dotsent
ABI

Abstract

Mazkur ilmiy maqolada qo'g'irchoq teatri rejissyorligining nazariy-metodologik asoslari, uning o'ziga xos badiiy-estetik xususiyatlari hamda zamonaviy rivojlanish tendensiyalari kompleks tarzda tahlil qilinadi. Shuningdek, sahnalashtirish jarayonida rejissyorning ijodiy roli, aktyor va qo'g'irchoq o'rtasidagi munosabat hamda innovatsion texnologiyalarning ta'siri ilmiy nuqtai nazardan yoritiladi. KIRISH Qo'g'irchoq teatri insoniyat madaniyatining qadimiy va o'ziga xos qatlamlaridan biri bo'lib, u dastlab marosim va mifologik tasavvurlar asosida shakllangan. Tarixiy taraqqiyot jarayonida ushbu san'at turi turli xalqlarda o'ziga xos estetik shakl va mazmun kasb etib, milliy madaniyatning ajralmas qismiga aylangan. Qo'g'irchoq teatri o'zining ramziy ifoda vositalari, shartlilikka asoslangan sahnaviy talqini va obraz yaratishning o'ziga xos usullari bilan boshqa teatr turlaridan tubdan farq qiladi. Aynan shu jihatlar qo'g'irchoq teatri rejissyorligining mustaqil ilmiy va amaliy yo'nalish sifatida shakllanishiga zamin yaratgan. Rejissyor qo'g'irchoq teatrida markaziy ijodiy shaxs hisoblanib, u spektaklning umumiy konsepsiyasini ishlab chiqadi, dramaturgik materialni sahnaviy shaklga keltiradi va barcha ifoda vositalarini yagona badiiy tizimga birlashtiradi. Dramatik teatrdan farqli ravishda, qo'g'irchoq teatrida asosiy obraz inson emas, balki moddiy predmet – qo'g'irchoq orqali ifodalanadi. Bu esa rejissordan abstrakt tafakkur, ramziy fikrlash va predmet orqali obraz yaratish qobiliyatini talab etadi. Qo'g'irchoq sahnasida harakat, plastika va vizual elementlar asosiy kommunikativ vosita sifatida namoyon bo'ladi, so'z esa ko'pincha ikkilamchi rol o'ynaydi [1, 52-bet].

Not yet translated

Topics

Identifiers

Citations and references

Cited by 00 references