KASBIY TA'LIM TASHKILOTLARI O'QUVCHILARIDA IJTIMOIY-HUQUQIY KOMPETENTLIKNI RIVOJLANTIRISH TAJRIBASI
Abstract
Mazkur maqolada kasbiy ta'lim tashkilotlari o'quvchilarida ijtimoiy-huquqiy kompetentlikni rivojlantirishning nazariy va amaliy asoslari yoritilgan. Shuningdek, kompetensiyaviy yondashuv asosida mazkur kompetentlikni shakllantirishning samarali metodlari, pedagogik shart-sharoitlari va innovatsion texnologiyalari tahlil qilingan. Tadqiqot natijasida ijtimoiy-huquqiy kompetentlikni rivojlantirish metodikasini takomillashtirish bo'yicha ilmiy-amaliy tavsiyalar ishlab chiqilgan. Bugungi globallashuv sharoitida yoshlarning huquqiy ongi va fuqarolik pozitsiyasini shakllantirish davlat siyosatining ustuvor yo'nalishlaridan biri hisoblanadi. Ayniqsa, kasbiy ta'lim tashkilotlari o'quvchilarida ijtimoiy-huquqiy kompetentlikni rivojlantirish masalasi dolzarb pedagogik muammo sifatida namoyon bo'lmoqda. Chunki zamonaviy jamiyat mehnat bozorida nafaqat kasbiy bilimga ega, balki huquqiy savodli, ijtimoiy faol va mas'uliyatli mutaxassislarni talab etmoqda[1]. O'zbekiston Respublikasining "Ta'lim to'g'risida"gi Qonunida ta'limning asosiy maqsadi sifatida shaxsning intellektual, ma'naviy-axloqiy va kasbiy rivojlanishini таъминлаш belgilangan[2]. Shu bois kasbiy ta'lim tizimida o'quvchilarning ijtimoiy-huquqiy kompetentligini rivojlantirish metodikasini takomillashtirish muhim ilmiy-amaliy аҳамият kasb etadi. Ijtimoiy-huquqiy kompetentlikning mazmun-mohiyati. Pedagogik adabiyotlarda kompetentlik tushunchasi shaxsning muayyan faoliyatni samarali amalga oshirish uchun zarur bo'lgan bilim, ko'nikma va malakalar majmui sifatida talqin qilinadi[3]. Ijtimoiy-huquqiy kompetentlik esa o'quvchilarning jamiyatdagi huquqiy munosabatlarni tushunishi, qonunlarga rioya qilishi, fuqarolik mas'uliyatini his etishi hamda ijtimoiy faol bo'lishida namoyon bo'ladi. A.V. Xutorskoyning ta'kidlashicha, kompetensiyaviy yondashuv o'quvchilarning real hayotiy vaziyatlarda mustaqil qaror qabul qilish qobiliyatini rivojlantirishga xizmat qiladi[4].
Not yet translated