Skip to main content
Article

XITOYDA KAMBAG'ALLIKNI QISQARTIRISHDA RAQAMLI BOSHQARUV VA SUN'IY INTELLEKT TEXNOLOGIYALARINING ROLI

Gavharshodbegim Muhammadi qizi XolmatovaToshkent davlat sharqshunoslik universiteti "Xalqaro munosabatlar" kafedrasi doktoranti, Toshkent gumanitar fanlar universiteti "Aniq va gumanitar fanlar" kafedrasi o'qituvchisi
ABI

Abstract

Mazkur maqolada Xitoy Xalq Respublikasi tajribasi asosida kambag'allikni qisqartirishning zamonaviy ijtimoiy-siyosiy mexanizmlari hamda ushbu jarayonda raqamli boshqaruv va sun'iy intellekt texnologiyalarining o'rni tahlil qilinadi. Tadqiqotda Xitoyning davlat siyosati doirasida amalga oshirilgan kambag'allikka qarshi kurash modeli, "smart governance" tizimi, big data asosidagi monitoring mexanizmlari va raqamli platformalarning samaradorligi o'rganilgan. Shuningdek, sun'iy intellekt texnologiyalarining ijtimoiy tengsizlikni kamaytirish, aholi bandligini oshirish hamda hududiy rivojlanishni ta'minlashdagi ahamiyati ilmiy jihatdan yoritilgan. Tadqiqot natijalari Xitoy tajribasining rivojlanayotgan davlatlar uchun muhim ijtimoiy-siyosiy model sifatida namoyon bo'layotganini ko'rsatadi. Kirish. XXI asrda kambag'allikni bartaraf etish masalasi global siyosatning ustuvor yo'nalishlaridan biriga aylandi. Ayniqsa, raqamli texnologiyalar va sun'iy intellektning rivojlanishi davlat boshqaruvi tizimida yangi imkoniyatlarni yuzaga keltirdi. Shu nuqtai nazardan, Xitoy Xalq Respublikasi tajribasi alohida ilmiy va amaliy ahamiyat kasb etadi. Chunki Xitoy qisqa tarixiy davr mobaynida yuz millionlab aholini kambag'allikdan chiqarishga muvaffaq bo'ldi. Xitoy hukumati kambag'allikni qisqartirishni nafaqat iqtisodiy, balki ijtimoiy-siyosiy barqarorlikning muhim omili sifatida ko'rib chiqdi. Mamlakatda amalga oshirilgan "targeted poverty alleviation" ("manzilli kambag'allikni bartaraf etish") modeli kambag'allikni aniq identifikatsiya qilish, hududlar kesimida monitoring yuritish va davlat resurslarini samarali taqsimlash imkonini berdi. Bu jarayonda raqamli boshqaruv, big data (katta hajmdagi ma'lumotlar) va sun'iy intellekt texnologiyalari muhim vosita sifatida qo'llanildi.

Not yet translated

Topics

Identifiers

Citations and references

Cited by 00 references