OʻZBEKISTONDA YASHIL IQTISODIYOT MODELINI RIVOJLANTIRISHNING UTUVOR YOʻNALISHLARI
Abstract
Ushbu tezisda Oʻzbekistonda ekologik yoʻnaltirilgan iqtisodiy tizimga oʻtish mexanizmlarini shakllantirish va ushbu jarayonni jadallashtirishning strategik yoʻllarini tahlil qilishga bagʻishlangan. Ishda tabiiy resurslarni tejash, muqobil energetika salohiyatidan unumli foydalanish hamda makroiqtisodiy strategiyani ekologik mezonlar asosida modernizatsiya qilish masalalari rivojlangan davlatlar amaliyoti bilan qiyoslangan holda yoritilgan. Ilgʻor xorijiy tajribalarni milliy iqtisodiyotga tatbiq etish orqali ishlab chiqarish tarmoqlarini ekologizatsiyalash va yashil loyihalarni moliyaviy qoʻllab-quvvatlash tizimi oʻrganilgan. Olingan natijalar asosida mamlakatimizda yashil iqtisodiyot modelini muvaffaqiyatli joriy etishning amaliy imkoniyatlari aniqlangan hamda istiqboldagi ustuvor vazifalar belgilab berilgan.