GISTOLOGIK TASVIRLARNI SEGMENTLASH VA MORFOMETRIK BELGILARNI ANIQLASH ALGORITMLARI
Abstract
Ushbu maqolada gistologik tasvirlarni segmentlash va morfometrik belgilarni aniqlash masalalari o'rganilgan. Gistologik tasvirlarni qo'lda tahlil qilish ko'p vaqt talab qilishi va subyektiv xatolarga olib kelishi sababli, jarayonni avtomatlashtirish dolzarb hisoblanadi. Maqolada Otsu usuliga asoslangan bo'sag'aviy segmentatsiya va bog'langan komponentlarni belgilash (CCL) usullarini o'z ichiga olgan yangi algoritm taklif qilingan. Taklif etilgan algoritm hujayra yadrolari va boshqa tuzilmalarni avtomatik ajratish, ularning yuzasi, perimetri, shakl koeffitsiyenti va ekvivalent diametri kabi morfometrik parametrlarini hisoblash imkonini beradi. Eksperimental natijalar segmentlar bir xilligi, kontrast va chegaralar sifati bo'yicha sezilarli yaxshilanishlarni ko'rsatgan. Algoritm foydalanish qulayligi, yuqori ishlov berish tezligi va turli xil gistologik preparatlar bilan ishlashga moslashuvchanligi bilan ajralib turadi.
Not yet translated