Skip to main content
Article

TAJRIBALAR ORQALI MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLALARNING KOGNITIV QOBILIYATLARINI RIVOJLANTIRISH TEXNOLOGIYALARI

Nabijonova Dilnoza Abduvohid qiziNamangan Davlat Pedagogika Instituti magistrantiAbdusamatova NargizaNamangan Davlat Pedagogika Instituti dotsenti
SCIENCE TIMEjournal2026en
ABI

Abstract

Mazkur maqolada tajribalar asosida maktabgacha yoshdagi bolalarning kognitiv qobiliyatlarini rivojlantirish texnologiyalari nazariy va amaliy jihatdan tahlil qilinadi. Kognitiv qobiliyatlar bolaning kuzatish, taqqoslash, tahlil qilish, umumlashtirish va sabab-oqibat bog‘lanishlarini anglash jarayonlari bilan uzviy bog‘liq ekani yoritiladi. Maqolada tajriba faoliyati bolaning bilishga bo‘lgan qiziqishini kuchaytiruvchi, mustaqil izlanishga undovchi va tafakkurini faollashtiruvchi samarali pedagogik vosita sifatida talqin etiladi. Shuningdek, maktabgacha ta’lim jarayonida suv, qum, rang, tabiat hodisalari va oddiy fizik-kimyoviy tajribalar asosida bolalarda kognitiv faollikni rivojlantirish imkoniyatlari ko‘rsatib beriladi. Tadqiqot natijalari tajribalar asosida tashkil etilgan ta’lim muhiti bolalarning bilish jarayonlarini rivojlantirishda muhim pedagogik omil ekanligini tasdiqlaydi.

Topics

Identifiers

Citations and references

Cited by 00 references