Skip to main content
Article

O‘ZBEK VA INGLIZ TILLARIDAGI BADIIY MATNLAR PARALLEL KORPUSINING LINGVOKOGNITIV VA SEMANTIK TAHLILI

Гулмира Олимовна КомиловаAlisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o'zbek tili va adabiyoti universiteti doktoranti, TIFT universiteti dotsenti
SCIENCE TIMEjournal2026en
ABI

Abstract

Mazkur maqolada o‘zbek va ingliz tillaridagi badiiy matnlar asosida shakllantiriladigan parallel korpusning lingvokognitiv va semantik tahlil imkoniyatlari yoritiladi. Parallel korpus zamonaviy korpus lingvistikasi, tarjimashunoslik, qiyosiy tilshunoslik va lingvokognitiv tadqiqotlar kesishmasida muhim ilmiy manba sifatida qaraladi. Tadqiqotda badiiy matnlarning parallel korpusini yaratish jarayoni, matnlarni tanlash, raqamlashtirish, segmentlash, moslashtirish, semantik teglash va lingvokognitiv tahlil qilish tamoyillari nazariy jihatdan asoslanadi. Ayniqsa, badiiy matnlarda milliy-madaniy konseptlar, metaforik birliklar, frazeologizmlar, emotsional-ekspressiv vositalar va realiyalarning tarjimada ifodalanishi parallel korpus orqali aniqlanishi mumkinligi ko‘rsatib beriladi. Maqolada parallel korpus faqat tarjima ekvivalentlarini topuvchi texnik baza emas, balki ikki til va ikki madaniyat tafakkuridagi semantik, kognitiv va lingvomadaniy farqlarni aniqlovchi ilmiy-tahliliy platforma sifatida talqin qilinadi. 

Topics

Identifiers

Citations and references

Cited by 00 references