Skip to main content
Article

GIGIENIK TARBIYA ORQALI BOLALAR VA O‘SMIRLAR ORASIDA ZARARLI ODATLARNING OLDINI OLISH MASALALARI

Nazarova Mohinabonu AzamatovnaOsiyo Xalqaro universiteti Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (boshlang‘ich ta’lim) yo‘nalishi 1-kurs magistranti E-mail: [email protected]
SCIENCE TIMEjournal2026en
ABI

Abstract

Hozirgi kunda axborot texnologiyalari va global madaniyatning ta’siri ostida bolalar va o‘smirlar orasida zararli odatlarning tarqalishi muhim ijtimoiy muammo hisoblanadi. Ayniqsa, internet va ijtimoiy tarmoqlarda turli salbiy axborotlarning keng tarqalishi yoshlarning ongiga bevosita ta’sir ko‘rsatmoqda. Shu yosh davrda jismoniy, ruhiy va ijtimoiy rivojlanish jarayoni tez kechadi, shuning uchun sog‘lom hayot tarzini shakllantirish va gigiyenik odatlarni erta yoshdan o‘rgatish katta ahamiyatga ega. Chunki bolalik davrida shakllangan odatlar insonning butun hayoti davomida saqlanib qoladi va uning kelajakdagi turmush sifatini belgilaydi. Sog‘lom turmush tarzi bo‘yicha bilim va ko‘nikmalarni tizimli ravishda berish bolalarning kelajakdagi salomatligini mustahkamlashga xizmatqiladi. Bu jarayonda ota-ona, maktab va jamiyatning o‘zaro hamkorligi muhim rol o‘ynaydi.

Topics

Identifiers

Citations and references

Cited by 00 references