Skip to main content
Article

OLIY TA’LIM MUASSASALARI RAQOBATBARDOSHLIK KO‘RSATKICHLARINI TAHLIL QILISHDA BLOKCHEYN TEXNOLOGIYALAR QO‘LLANILISHI

Abdullayev Abubakir NarzullayevichSamarqand davlat pedagogika instituti aniq va amaliy fanlar fakulteti dekani, t.f.n, dotsentErgasheva Madina Bahodir qiziSamarqand davlat pedagogika instituti magistranti
SCIENCE TIMEjournal2026en
ABI

Abstract

Zamonaviy raqamli iqtisodiyot sharoitida oliy ta’lim muassasalarining raqobatbardoshligini ta’minlash masalasi strategik ahamiyat kasb etmoqda. Ushbu maqolada oliy ta’lim muassasalari raqobatbardoshlik ko‘rsatkichlarini tahlil qilishda blokcheyn texnologiyalarini qo‘llash imkoniyatlari tadqiq qilinadi. Tadqiqotning maqsadi — blokcheyn texnologiyasi asosida shaffof, ishonchli va o‘zaro integratsiyalashgan ta’lim boshqaruv tizimini yaratish orqali OTMlarning xalqaro reytinglarda o‘rnini mustahkamlash yo‘llarini aniqlashdir. Metodologik jihatdan tahliliy, taqqoslash va bibliometrik usullar qo‘llanilgan bo‘lib, QS va THE reytinglaridagi ma’lumotlar, shuningdek, xalqaro tajribalar — MIT Open Credentials va European Blockchain Services Infrastructure (EBSI) loyihalari tahlil qilindi. Tadqiqot natijalariga ko‘ra, blokcheyn texnologiyasi yordamida ta’lim jarayonida ma’lumotlar xavfsizligi, akademik shaffoflik va diplomlarning autentifikatsiyasi yuqori darajada ta’minlanadi. Bu esa OTMlar faoliyatida korrupsion xavflarni kamaytirib, raqobatbardoshlik ko‘rsatkichlarini oshiradi.

Topics

Identifiers

Citations and references

Cited by 00 references