MAKTABDA TO‘LEGEN AYBERGENOV ASARLARINING O‘QITILISHI
Abstract
Maqolada O‘zbekistondagi ta’lim qozoq tilida olib boriladigan maktablarning 6 va 8-sinf "Adabiyot" darsliklarida To‘legen Aybergenov ijodini o‘qitish xususiyatlari va metodik tizimi ko‘rib chiqiladi. Tadqiqot ishida shoirning hayot yo‘li va uning she’riyatidagi "sog‘inch" kredosining maktab dasturidagi o‘rni tahlil qilinadi. 8-sinfda "Ona", "Aruana – bawır dúnya" she’rlari hamda 6-sinfda "Adamlar", "Aral tolqınlarında" asarlarining tarbiyaviy va falsafiy ahamiyatiga to‘xtalib, ularni o‘qitishning samarali yo‘llari ko‘rsatib o‘tildi. Maqolada "To‘g‘ri diagramma" qiyosiy esse va adabiy-nazariy tahlil kabi faol o‘qitish usullarining o‘quvchi estetik didini shakllantirishdagi o‘rni asoslab berilgan. Ish natijalari shoir merosini maktabda o‘qitish orqali milliy qadriyatlarni ulug‘lash va ekologik ongni yuksaltirish muhimligini ko‘rsatadi.