Skip to main content
Article

MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLALARDA INGLIZ TILINI O‘QITISHDA IMMERSIV TEXNOLOGIYALARNI QO‘LLASH METODIKASINI TAKOMILLASHTIRISH

Gulchehra Sait-Abdullayevna MakhmadievaTermiz iqtisodiyot va servis universiteti o‘qituvchisiMakhliyo Usmanovna UsmanovaTermiz iqtisodiyot va servis universiteti Xorijiy til va adabiyoti 2-kurs magistranti
SCIENCE TIMEjournal2026en
ABI

Abstract

Maqola maktabgacha yoshdagi bolalarda ingliz tilini o‘qitishda immersiv texnologiyalarni qo‘llash metodikasini takomillashtirishga qaratilgan. Tadqiqot doirasida virtual haqiqat (VR), kengaytirilgan haqiqat (AR), interaktiv dasturlar, multimediya resurslari va o‘yinlashgan pedagogik metodlarning bolalarning nutqiy, eslab qolish, tinglab tushunish va kommunikativ ko‘nikmalarini rivojlantirishdagi samaradorligi o‘rganilgan. Metodik yondashuvlar bolalarning yosh xususiyatlari, diqqat doirasi va pedagogik muhitni hisobga olgan holda ishlab chiqilgan. Shuningdek, maqolada immersiv texnologiyalar yordamida til o‘rganish jarayonida bolalarning motivatsiyasini oshirish, ularni faol interaktiv ishtirokchi sifatida shakllantirish va til o‘rganishning individual strategiyalarini rivojlantirish bo‘yicha amaliy tavsiyalar berilgan. Tadqiqot natijalari maktabgacha ta’lim muassasalari, pedagoglar va metodistlar uchun innovatsion o‘quv dasturlarini yaratishda, o‘qitish sifatini oshirishda va interaktiv metodlarni samarali tatbiq etishda foydali bo‘lishi kutilmoqda.

Topics

Identifiers

Citations and references

Cited by 00 references