Skip to main content
Article

LINGVOKULTUROLOGIYADA KONSEPT FENOMENI: NAZARIY ASOSLAR VA METODOLOGIK YONDASHUVLAR

Ungalova Dilnoza Mirzoxid qiziSharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universiteti Markaziy Osiyo xalqlari tillari va madaniyati instituti O‘zbek tili va adabiyoti kafedrasi 1-bosqich tayanch doktoranti E-mail: [email protected]
SCIENCE TIMEjournal2026en
ABI

Abstract

Ushbu maqolada lingvokulturologiyada konsept fenomenining nazariy mohiyati, tarkibiy tuzilishi va metodologik tadqiq usullari tahlil qilinadi. Konsept til, tafakkur, madaniyat, ijtimoiy tajriba va qadriyatlar tizimi kesishmasida shakllanadigan murakkab mental-madaniy birlik sifatida talqin etiladi. Maqolada konsept, tushuncha, ma’no, obraz, ramz va qadriyat kategoriyalari o‘rtasidagi farqlar yoritiladi. Shuningdek, lingvokulturologik konseptni o‘rganishda semantik, konseptual, freym, assotsiativ, lingvomadaniy, diskursiv-pragmatik va qiyosiy-chog‘ishtirma tahlil metodlarining ilmiy imkoniyatlari ko‘rsatib beriladi. Tadqiqot natijalari konsept milliy-madaniy xotira, mentalitet va diskursiv tajribani ochuvchi asosiy birlik ekanini asoslaydi.

Topics

Identifiers

Citations and references

Cited by 00 references