GANDBOLCHILARDA MAXSUS MASHQLAR ORQALI O‘YIN SAMARADORLIGINI OSHIRISH
M.S.RaxmatillayevO‘zbekiston Milliy universiteti professori Toshkent, O‘zbekiston
ABI
Abstract
Mazkur maqolada 15–16 yoshli gandbolchilarning o‘yin samaradorligini maxsus mashqlar yordamida oshirish masalasi o‘rganildi. Tadqiqot BO‘SMda shug‘ullanuvchi 16 nafar sportchi ishtirokida olib borildi. Mashg‘ulot jarayonida o‘yin faoliyatiga moslashtirilgan maxsus texnik-taktik mashqlar majmuasi ishlab chiqildi va amaliyotga joriy etildi. Tadqiqot natijalari maxsus mashqlar sportchilarning aniq uzatish, darvozaga otish va samarali hujum ko‘rsatkichlarini sezilarli darajada yaxshilaganligini ko‘rsatdi. Shuningdek, maxsus mashqlar sportchilarning o‘yin davomida tezkor qaror qabul qilish va texnik harakatlarni samarali bajarish qobiliyatini rivojlantirishga ijobiy ta’sir ko‘rsatdi.
Topics
Identifiers
Citations and references
Cited by 00 references