YURAK YETISHMOVCHILIGIDA BIOKIMYOVIY MARKERLAR
Abstract
Yurak yetishmovchiligi yurakning organizm ehtiyojini qondira olmasligi bilan kechadigan surunkali yoki o'tkir patologik holat bolib, u kardiologiyada muhim klinik muammo hisoblanadi. Ushbu kasallikning erta tashxisi, og'irlik darajasini baholash va davolash samaradorligini nazorat qilishda biokimyoviy markerlar katta ahamiyatga ega. Eng muhim biomarkerlar qatoriga B-tip natriyuretik peptid (BNP) va uning N-terminal fragmenti NT-proBNP kiradi. Ular yurak qorinchalarida bosim va hajm ortishi natijasida ajralib chiqadi hamda yurak yetishmovchiligining tashxisida sezgir va ishonchli korsatkich hisoblanadi. Shuningdek, troponin I va troponin T miokard hujayralari shikastlanishini ko'rsatuvchi markerlar bolib, yurak yetishmovchiligi fonida miokard zararlanishini aniqlashda muhimdir. Yallig'lanish markerlari (masalan, C-reaktiv oqsil CRP), oksidativ stress ko'rsatkichlari, elektrolitlar (natriy, kaliy) va buyrak funksiyasi korsatkichlari (kreatinin, glomerulyar filtratsiya tezligi) ham kasallik patogenezida va prognozida ahamiyatga ega. Yurak yetishmovchiligi rivojlanishida neyrogormonal faollashuv, xususan reninangiotenzinaldosteron tizimi (RAAS) va simpatik nerv tizimining kuchayishi kuzatiladi. Ushbu o'zgarishlar organizmda suyuqlik ushlanishi, qon tomirlar torayishi va yurak yuklamasining ortishiga olib keladi. Biokimyoviy markerlar yordamida kasallikning bosqichini aniqlash, asoratlar xavfini baholash va individual davolash strategiyasini tanlash mumkin.